locale OZ

Messi, Neymar va Suarez yana bir jamoada birlashishi mumkin

Futbolchi Mayami klubiga o'tishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi, Neymar va Suarez yana bir jamoada birlashishi mumkin
ФОТО: Getty images

Braziliyaning "Santos" klubida to'p tepayotgan Neymar jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, braziliyalik yulduz hujumchiga argentinalik Lionel Messi to'p tepayotgan AQShning "Inter Mayami" klubi qiziqish bildirmoqda. Neymarning agentlari ushbu transfer bo'yicha muzokaralar olib borishga tayyor.

Agar hujumchi Florida klubi bilan kelishuvga erishsa, Messi - Suarez - Neymar triosi yana birga maydonga qaytadi. Bu futbolchilar "Barselona"da yorqin davrni o'tkazishgan.

Hujumchi 2025/2026 yilgi mavsumda 21 ta o'yinda ishtirok etgan. Neymar 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 33 yoshli braziliyalikning amaldagi shartnomasi dekabr oyi oxirida o'z nihoyasiga yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting