Messi murabbiylikdan koʻra klub egasi boʻlishni afzal koʻrdi
Argentinalik yulduz hozirda «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.
FOTO: Getty Images
Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi jurnalist savoliga javob berar ekan, oʻzini qaysi yoʻnalishda koʻproq koʻrayotgani haqida fikr bildirdi.
«Klub egasi boʻlish yoki murabbiylik qilish? Men klub egasi boʻlishni afzal koʻrgan boʻlardim», — deya Messining soʻzlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Eslatib oʻtamiz, Messi 2022 yilda Argentina milliy jamoasi bilan jahon chempioni boʻlgan. Klub darajasida esa u «Barselona», «PSJ» va «Inter Mayami» safida toʻp surgan.
Afsonaviy futbolchi faoliyati davomida 8 marta «Oltin toʻp» sovrinini qoʻlga kiritgan (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2021, 2023).
Nasrullo Karimov
Jurnalist