Messi MLSning iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Photo: Getty Images
“Inter Miami” hujumchisi Lionel Messi MLSning iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan oyda Messi MLS doirasida beshta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi yulduzlar o‘yinida ishtirok etmagani uchun iyul oyining so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Ma’lumot uchun, Messining “Inter Miami” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist