locale OZ

Messi MLSda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Bu mukofot ommaviy axborot vositalari vakillari ovoziga ko'ra beriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi MLSda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
ФОТО: Getty images

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi AQShning MLS chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu mukofot ommaviy axborot vositalari vakillari ovoziga ko'ra beriladi.

Oktyabr oyida 38 yoshli argentinalik futbolchi 3 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi — jami 10 ochko (5+5) to'pladi.

Messi mavsum davomida uchinchi marta oy futbolchisi bo'ldi. U shu bilan o'z faoliyatida beshinchi bor MLSda bu sovrinni qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, Lionel MLS tarixida ikki mavsum ichida besh marta “Oyning futbolchisi” deb topilgan ilk futbolchiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting