locale OZ

Messi MLSda mavsumning eng yaxshi toʻpurari boʻldi

38 yoshli yulduz 28 ta oʻyinda 29 ta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi MLSda mavsumning eng yaxshi toʻpurari boʻldi
FOTO: Getty Images
MLS USA
18.10.2025, Yak.
Nashville SC
2
Inter Miami CF
5

«Inter Mayami»ning 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi MLS muntazam mavsumining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Argentinalik yulduz 28 ta oʻyinda 29 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Soʻnggi turda Messi «Neshvill»ga qarshi bahsda xet-trik qayd etib, bitta golga assistentlik qildi. Natijada «flamingolar» raqib ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Eslatib oʻtamiz, Leo 2023 yilning yozidan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 82 ta oʻyinda maydonga tushib, 71 ta gol urdi va 37 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentinalik futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting