locale OZ

Messi JCh-2026'da qatnashadimi? Uning o'zi javob berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi JCh-2026'da qatnashadimi? Uning o'zi javob berdi
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi joriy mavsumdan kelib chiqib, JCh-2026'da qatnashish yoki qatnashmaslik haqida qaror qabul qiladi.

“Men o'ynashda davom etaman, bunga shubham yo'q. Bu hayotimning bir qismi. Men shunday tarbiyalanganman, men g'alaba qozonishni va raqobatlashishni yaxshi ko'raman.

Bu mavsum Jahon chempionati haqida qaror qabul qilishim uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda o'ylamaganman desam, yolg'on gapirgan bo'laman”, - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining amaldagi g'olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Qatar mezbonligida o'tgan mundialning finalida Messi boshchiligidagi jamoa Fransiyani penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting