locale OZ

Messi — JCh-2026'ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Fransiya terma jamoasi yetakchisi Kilian Mbappe joy oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi — JCh-2026'ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images

The Athletic nashri Jahon chempionati-2026da hozircha eng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Nufuzli nashr talqiniga ko‘ra, ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi joy oldi. 39 yoshli futbolchi mundial davomida ajoyib sport formasini namoyish etmoqda. Messi turnirdagi barcha o‘yinlarda gol urishga muvaffaq bo‘ldi va hozirga qadar 7 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari qatorida bormoqda.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Fransiya terma jamoasi yetakchisi Kilian Mbappe joy oldi. Kuchli uchlikni esa yana bir fransiyalik futbolchi — Maykl Olise yakunlab berdi. Bu esa Fransiya terma jamoasining turnirdagi individual jihatdan eng kuchli futbolchilarga ega ekanini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan Harri Keyn, Ashraf Hakimi, Vinisius Junior, Erling Holand, Usmon Dembele, Ismoil Saybari va Bruno Gimaraesh ham joy oldi.

E’tiborlisi, Angliya yarim himoyachisi Jud Bellingem reytingda 15-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Ispaniya terma jamoasining yosh yulduzi Lamin Yamal 16-o‘rinni egalladi. Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya esa 49-o‘rindan joy oldi.

The Athletic tuzgan ushbu reyting futbolchilarning JCh-2026dagi umumiy ta’siri, o‘yin sifati, jamoasiga qo‘shgan hissasi va individual ko‘rsatkichlari asosida shakllantirilgan.

Messining bu yoshda ham mundialning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilishi muxlislar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting