locale OZ

Messi JCh-2026da ishtirok etishni istayotganini aytdi

Bu galgi mundialga AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi JCh-2026da ishtirok etishni istayotganini aytdi
FOTO: Getty Images

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2026 yilda AQSh, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida oʻynash istagini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Messi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. U 2022 yil Qatarda boʻlib oʻtgan mundialda Argentina bir bilan birga finalda Fransiyani magʻlub etib, bosh sovrinni qoʻlga kiritgandi.

«Men o‘zimni yaxshi holatda saqlab, milliy jamoada muhim rol oʻynashni istayman. Bu — Jahon chempionati va bu har doim hayajonli. Biz avvalgi turnirni yutdik, endi esa bu unvonni himoya qilish ajoyib boʻlardi», — dedi Messi.

Maʼlumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi. Turnir tarixda ilk bor uchta mamlakatda — AQSh, Meksika va Kanadada oʻtkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting