Messi jarimaga tortildi
Ammo u diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi.
ФОТО: Getty images
“Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi MLS doirasidagi “Filadelfiya”ga qarshi o‘yinidan so‘ng jarimaga tortildi. Bu haqda Diario AS xabar berdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida argentinalik futbolchi raqib yarimhimoyachisi Quinn Sullivan bilan mojaro yuzaga keldi. Messi raqibining ensasiga ochiq kafti bilan urdi, shundan so‘ng futbolchilar yuzma-yuz turib qolishdi.
Natiajada 39 yoshli hujumchi diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi va “Toronto”ga qarshi navbatdagi chempionat uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Qayd etish lozim, Messi bu mavsum MLSda 17 ta o‘yinda 13 ta gol urgan va 8 ta assist amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist