locale OZ

Messi jahon chempionatida antirekord o‘rnatdi

Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi jahon chempionatida antirekord o‘rnatdi
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida kamida 90 daqiqa maydonda harakat qilgan 618 nafar maydon futbolchisi orasida eng kam masofa bosgan o‘yinchi bo‘ldi. Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi har bir o‘yinda o‘rtacha 8,1 kilometr masofani bosib o‘tgan. Bu ko‘rsatkich guruh bahslarida 90 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan futbolchilar orasidagi eng past natija bo‘ldi.

Shunga qaramay, u turnirning eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kylian Mbappe bilan birgalikda oltitadan gol urib, peshqadamlik qilmoqda.

Endi Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 finalida joriy yilning 3 iyulidan 4 iyuliga o‘tar kechasi Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting