Messi «Inter Miami» bilan uch yillik bitim imzolashga kelishib oldi
Kelishuv tez orada rasmiy e'lon qilinadi.
ФОТО: Getty images
“Inter Miami” argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda jurnalist Nicolo Schira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi va MLS klubi rahbariyati barcha shartlar yuzasidan kelishuvga erishgan.
Bitim 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan. Shu bilan birga, tomonlarda kelishuvni muddatidan avval bekor qilish imkoniyatlari ham mavjud. Messi 2026 yil oxirida shartnomani bekor qilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yil 31 dekabrda yakunlanadi. Messi 2023 yil yozidan buyon “Inter Miami” safida to‘p surmoqda. Hozirgacha klub safida 69 o‘yinda maydonga tushib, 58 gol urgan va 28 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist