locale OZ

Messi «Inter Miami» bilan shartnomani uzaytirish arafasida

Kelishuv tez orada yakunlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi «Inter Miami» bilan shartnomani uzaytirish arafasida
ФОТО: Getty images

Lionel Messi tez orada “Inter Miami” bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqida ESPN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Kelishuv bir necha yilga mo‘ljallanishi mumkin.

Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida, faqat ayrim detallar qolgan xolos. Kelishuv tez orada yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Messi “Inter Miami”da 2023 yildan beri o‘ynamoqda. Argentinalik futbolchi bu mavsumda MLSda 21 o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting