locale OZ

Messi Instagram’dagi bitta reklama posti orqali qancha daromad oladi?

Messining ijtimoiy tarmoqlardagi ulkan auditoriyasi, global miqyosdagi mashhurligi va shaxsiy brendi uning reklama bozoridagi qiymatini yuqori darajada ushlab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi Instagram’dagi bitta reklama posti orqali qancha daromad oladi?
Foto: Getty Images

Lionel Messi futbol maydonidan tashqarida ham reklama bozoridagi eng qimmat sportchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Hopper HQ’ning 2024-yilgi Instagram Rich List hisob-kitobiga ko‘ra, argentinalik futbolchining Instagram’dagi bitta homiylik posti qiymati taxminan 2,73 million dollarni tashkil etadi.

Messining ijtimoiy tarmoqlardagi ulkan auditoriyasi, global miqyosdagi mashhurligi va shaxsiy brendi uning reklama bozoridagi qiymatini yuqori darajada ushlab turibdi. Hopper HQ mazkur reytingni ichki ma’lumotlar, reklama agentliklari tariflari hamda ochiq manbalardagi ko‘rsatkichlar asosida shakllantiradi. Shu sababli 2,73 million dollar futbolchining rasmiy reklama tarifi emas, balki bitta homiylik posti uchun hisoblangan taxminiy bozor qiymati hisoblanadi.

Reklama uchun to‘lanadigan yakuniy summa brend, kampaniya ko‘lami, post formati va hamkorlik shartlariga qarab o‘zgarishi mumkin. Shunga qaramay, Messi mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Instagram’dagi eng qimmat sportchilardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Messi joriy MLS mavsumida ham yuqori natijalar qayd etmoqda. “Inter Mayami” hujumchisi chempionatda 19 ta gol va 13 ta assist bilan MLSning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. So‘nggi turda “Nashville”ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda ham gol urgan Messi to‘purarlar poygasida yetakchilikni qo‘lga oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting