Messi gol urgan bahsda «Inter Mayami» «Neshvill» bilan durang o‘ynadi
Messi gol urgan bahsda «Inter Mayami» «Neshvill» bilan durang o‘ynadi
MLS doirasida «Inter Mayami» o‘z maydonida «Neshvill»ni qabul qildi.
Bahs Fort-Loderdeyldagi «Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium» stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobida yakunlandi.
«Neshvill» safida Sem Sarrij dubl rasmiylashtirgan bo‘lsa. Jamoaning boshqa bir a’zosi Rid Beyker-Uayting avtogol sohibiga aylandi.
«Inter Mayami»ning yana bir golini argentinalik hujumchi Lionel Messi urishga muvaffa bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, «Inter Mayami» MLSdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 4 ta o‘yingacha uzaytirdi – g‘alaba va 3 ta durang. «Neshvill» esa g‘alabasiz seriyasini 3 ta o‘yingacha uzaytirdi — mag‘lubiyat va 2 ta durang.
Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami» keyingi turda 21 sentyabrda «San-Diyego» bilan, «Neshvill» esa 20 sentyabrda «Chikago Fayr» bilan bahs olib boradi.