Messi «Galatasaroy»ga o'tishi mumkin – Fotomac
Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Fotomac.
Manbaning xabariga ko'ra, klub MLS mavsumi oralig'ida 38 yoshli futbolchini to'rt oylik qisqa muddatli ijara asosida jalb qilishni ko'rib chiqmoqda.
MLS muntazam mavsumi oktyabr oyida yakunlandi va pley-off o'yinlari dekabr oyining boshigacha davom etadi. Shundan so'ng Messi 2026 yilning mart oyida kelasi mavsum boshlanishiga qadar uzoq muddatli tanaffusga duch keladi.
Tahminlarga ko'ra, bu bo'shliq argentinalik futbolchining JCh-2026 oldidan jismoniy holati va o'yinga tayyorgarligini saqlab qolish uchun qisqa muddatli shartnoma asosida Yevropaga qaytishiga sabab bo'lishi mumkin.
Joriy mavsumda Messi “Inter Mayami” safida 41 ta o'yin o'tkazib, 38 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.