locale OZ

Messi futbol tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Leo Florida klubi safida 42 o‘yinda 40 ta gol urdi va 17 assist qayd etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi futbol tarixida yangi rekord o‘rnatdi
ФОТО: Getty images

Argentinalik hujumchi Lionel Messi futbol tarixida 400 ta golli uzatma qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bu borada rekord vengriyalik futbolchi Ferenc Puskásga tegishli bo‘lib, u faoliyati davomida 404 marta assist muallifiga aylangan. Bu haqda One Football nashri xabar berdi.

Messi mazkur natijaga AQSH chempionati pley-off bosqichi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Nashville”ga qarshi o‘yinda (4:0) erishdi. “Inter Miami” hujumchisi ushbu uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Joriy mavsum argentinalik hujumchi “Inter Miami” safida jami 42 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 40 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting