Messi faoliyatini yakunlamoqchi emas
Lionel bugun 39 yoshga kirdi.
ФОТО: Getty images
Argentina va “Inter Miami” hujumchisi Lionel Messi o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi. 24-iyun kuni afsonaviy futbolchi 39 yoshga to‘ldi.
Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi — uning hisobida 18 ta gol bor. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Miroslav Klose va Kylian Mbappédan ikki tadan ko‘p gol urgan.
— Yana bir necha yil o‘ynashni rejalashtiryapsizmi?
— Ha, albatta… Yana bir muddat o‘ynashda davom etaman. Qachonki jamoaga foydam tegishini his qilsam, jismoniy holatim yaxshi bo‘lsa va jamoadoshlarimga yordam bera olsam — maydonda bo‘lishda davom etaman, — dedi Messi. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda keltirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist