locale OZ

Messi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin — manba

Klub Messi bo‘yicha vaziyatdan xabardor va u bilan tezroq kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin — manba
ФОТО: Getty images

Argentinalik futbolchi Lionel Messi 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan sport formasini saqlab turish maqsadida vaqtincha faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Turkiyaning Fotomac nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi 4 oylik shartnoma asosida “Galatasaroy”ga o‘tishi mumkin.

Klub Messi bo‘yicha vaziyatdan xabardor va u bilan tezroq kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.

“Galatasaroy” yozda Viktor Osimhen, Leroy Sane va Ilkay Gündoğan kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Hozirda istanbulliklar Turkiya chempionatida 29 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Messi 2023-yildan beri “Inter Mayami” safida to‘p suradi. U faoliyati davomida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublarida ham o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting