locale OZ

Messi faoliyatidagi gollari sonini 934 taga yetkazdi

Shu tariqa, Messi va Ronaldu o‘rtasidagi gollar farqi 46 tani tashkil etmoqda.
Messi faoliyatidagi gollari sonini 934 taga yetkazdi
Фото: Getty Images

Argentinalik hujumchi Lionel Messi professional faoliyati davomida urgan gollari sonini 934 taga yetkazdi.

"Inter Mayami" futbolchisi AQShning MLS muntazam chempionati doirasida "Di-Si Yunayted"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, faoliyatidagi 933- va 934-gollarini kiritdi.

Mazkur bahs "Inter Mayami"ning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ayni paytda Krishtianu Ronalduning professional faoliyati davomida urgan gollari soni 980 tani tashkil etmoqda. Portugaliyalik hujumchi yaqinda "An-Nasr" safidagi navbatdagi uchrashuvda ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu tariqa, Messi va Ronaldu o‘rtasidagi gollar farqi 46 tani tashkil etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting