locale OZ

Messi faoliyatidagi 930-golini urdi

Leo «Inter Mayami» bilan birga hozirga qadar 5 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Messi faoliyatidagi 930-golini urdi
ФОТО: Getty images

MLS muntazam chempionati doirasida Lionel Messi to‘p tepadiган «Inter Mayami» o‘z maydonida «San-Diyego» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvda argentinalik yulduz ham o‘z nomini tabloga yozdirdi. 39 yoshli Messi uchun mazkur gol professional faoliyatidagi 930-gol bo‘ldi.

Argentinalik hujumchi ushbu natijaga erishish uchun 1176 ta uchrashuv o‘tkazdi. Shu tariqa Messi faoliyati davomida gollar soni bo‘yicha yana bir yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Taqqoslash uchun, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu hisobida hozircha 1337 ta o‘yinda 979 ta gol bor. Demak, portugaliyalik futbolchi Messidan 49 ta ko‘proq gol urgan, ammo bu natijaga erishish uchun u 161 ta ko‘proq uchrashuv o‘tkazgan.

Messi «Inter Mayami» safida 2023-yildan buyon harakat qilmoqda. Argentinalik yulduzning Amerika klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.

Leo «Inter Mayami» bilan birga hozirga qadar 5 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting