Messi faoliyatidagi 929-golini urdi
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi «Kruz Azul» darvozasiga (2:0) Campeones Cup turniri doirasidagi uchrashuvda gol urdi. 39 yoshli argentinalik futbolchi uchrashuvning 24-daqiqasida gol urdi.
Bu gol Messi faoliyatidagi 929-gol bo‘ldi. Argentinalik futbolchi bunga 1175 ta o‘yinda erishdi. Shuningdek, ushbu gol uning «Inter Mayami» safidagi faoliyatidagi 100-gol bo‘ldi. Messi hisobida yana 424 ta golli uzatma mavjud.
41 yoshli «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida 1337 ta uchrashuvda 979 ta gol urgan va 261 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Campeones Cup — AQShning MLS chempioni va Meksika Liga MX chempioni o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan bir uchrashuvdan iborat turnir bo‘lib, unda ikki mamlakat chempionlari o‘zaro to‘qnash keladi. O‘tgan yili turnir g‘olibi Meksikaning «Toluka» klubi bo‘lgan.