Messi dubl qayd etdi: «Inter Mayami» Liga kubogini g‘alaba bilan boshladi
MLS va MX Ligasi klublari ishtirokidagi Liga kubogining ilk turida “Inter Mayami” o‘z maydonida “Atletiko San-Luis”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Boshlanishidayoq, 4-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi David Rodriges hisobni ochdi. Biroq tanaffusga qadar “Inter Mayami” ketma-ket to‘rtta gol urdi. Lionel Messi dubl qayd etgan bo‘lsa, Telasko Segoviya va Mikael dos Santos Silva ham o‘z nomini tabloga yozdirdi.
Ikkinchi bo‘limda “Atletiko San-Luis” yana bir gol urdi. Bu safar Rafa Llorente aniq zarba bilan farqlanib, hisobni qisqartirdi.
Ushbu o‘yinda Lionel Messi 2026-yilgi jahon chempionatidan qaytganidan so‘ng “Inter Mayami” safidagi ilk gollarini urdi. Shuningdek, argentinalik yulduz bitta golli uzatma ham amalga oshirdi.
Ligalar kubogi. 1-tur
Inter Mayami — Sen Luis 4:2
Gollar: Messi 11, 44 (dubl), Segoviya 26, Mikael 45+7 — Rodriges 4, Serxio 51.