Messi: «Boshingizni egmang yigitlar! Biz sizlar bilan faxrlanamiz»
Lionel Messi JCh-2025 finalida magʻlub boʻlgan Argentina U-20 jamoasiga murojaat qildi.
FOTO: Getty Images
Argentina U-20 jamoasi JCh-2025 finalida Marokash U-20 jamoasiga magʻlub boʻlgach (0:2), milliy jamoa sardori Lionel Messi yosh futbolchilarga murojaat yoʻlladi.
«Boshingizni egmang, yigitlar! Sizlar ajoyib turnir o'tkazdingiz. Hammamiz sizlarni kubokni koʻtarayotgan holda koʻrishni xohlagan edik, ammo siz bizga hadya etgan tuygʻular, o‘yin va fidoiylik bilan faxrlanamiz. Sizlar osmoniy-ko'k ranglarni yurakdan himoya qildingiz», — deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqda.
Maʼlumot uchun, hal qiluvchi bahsda Marokashga gʻalaba taqdim etgan ikkita golni 20 yoshli Yassir Zabiriy kiritdi. U 19-daqiqada hisobni ochdi, oradan 10 daqiqa o'tib esa jamoasining ustunligini mustahkamladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist