Messi: «Ba’zida aql oyoqlardan tezroq ishlaydi, biroq men har doim buni yengishga harakat qilganman»
Argentinalik yulduz yoshi oʻtgani sari oʻyin uslubi qanday oʻzgargani haqida gapirdi.
FOTO: Getty Images
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi yoshi uyg‘aygani sari oʻyin uslubi qanday oʻzgargani haqida fikr bildirdi.
«Albatta, yosh oʻtgan sari yoshlikdagi ayrim fazilatlaringiz yoʻqoladi — tezlik, reaksiya, oʻyinni koʻrish va qaror qabul qilish tezligi kabi.
Baʼzida aql oyoqlardan tezroq ishlaydi. Ammo men har doim buni yengishga harakat qilganman va hozir ham eng yaxshi holatimda boʻlishga intilaman. Jismoniy imkoniyatlarimni toʻliq ishlatib, oʻyinimni yangi sharoitlarga moslashtirishga harakat qilaman», — dedi Messi.
Maʼlumot uchun, argentinalik yulduz 30 yoshdan keyin uch marta «Oltin toʻp»nj qoʻlga kiritdi va 2022 yil Qatarda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida ilk bor zafar quchdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist