locale OZ

Messi Barselona va Mayamidagi kundalik hayotini taqqosladi

Argentinalik futbolchi hozirda «Inter Mayami» safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi Barselona va Mayamidagi kundalik hayotini taqqosladi
FOTO: Getty Images

Lionel Messi Mayamidagi hayoti bilan Barselonadagi hayotini taqqosladi.

«Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisining aytishicha, AQShdagi kundalik hayot ancha sokin va futbol markazda bo‘lmagan muhitda kechmoqda.

Messi shunday dedi:

«Biz oilamiz bilan Mayamining tinchroq hududida yashaymiz. Bu yerda hayot ancha “amerikacha” — odamlar o‘z hayoti bilan band, futbolga esa katta e’tibor berishmaydi. Barselonada esa ko‘chaga chiqsam, odamlar bunga o‘rganib qolishgan edi. Men deyarli butun umr Barselonada yashadim, doim bir xil joylarga borardim, hamma meni taniydi — bu oddiy hol edi».

Messining ta’kidlashicha, hozir u oilaviy hayotga ko‘proq vaqt ajratmoqda.

«Bu yerda hayotimiz juda sokin. Biz bolalarimizning jadvaliga moslashamiz, ularning hayotida faol ishtirok etamiz. Masalan, maktabdan keyin ularni mashg‘ulotlarga olib boramiz», — dedi futbolchi.

Avvalroq Messi Yevropada «Barselona» va PSJ safida ham faoliyat olib borgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting