locale OZ

Messi «Barselona» prezidentlik saylovlariga aralashmaydi — manba

Kataloniyaliklarning yangi rahbari 15 mart kuni aniqlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi «Barselona» prezidentlik saylovlariga aralashmaydi — manba
FOTO: Getty Images

«Barselona» afsonasi Lionel Messi klubda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga aralashmoqchi emas. Marca nashrining xabar berishiga ko‘ra, u biror-bir nomzodni qo‘llab-quvvatlash orqali ovozlar poygasiga ta’sir o‘tkazish niyatida emas.

Vaholanki, mutaxassislarning fikricha, Messining bitta bayonoti istalgan nomzod uchun hal qiluvchi miqdordagi ovozlarni ta’minlab berishi mumkin edi.

Hozirda «Inter Mayami» sharafini himoya qilayotgan hujumchining bor e’tibori boshqa narsaga qaratilgan: Leo ayni damda bor kuchini 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishga qaratgan.

Shunga qaramay, argentinalik yulduz kelajakda «Barselona»ga qaytish niyatida. Biroq u qaysi lavozimda (murabbiy, funksioner yoki elchi) faoliyat yuritishi hozircha noma’lum.

Maʼlumot uchun, «ko‘k-anorranglilar»ning yangi rahbari nomi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda aniqlanadi. Hozirgi vaqtda prezidentlik kursisi uchun quyidagi shaxslar da’vogarlik qilmoqda:

  • Joan Laporta (amaldagi prezident);
  • Viktor Font;
  • Xavi Vilaxoana;
  • Mark Siria.
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting