Messi «Barselona» prezidentlik saylovida qatnashishi mumkin
Bu haqda Cadena Ser xabar berdi.
ФОТО: Getty images
“Inter Mayami” hujumchisi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi “Barselona” klubi prezidentlik saylovida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Cadena Ser xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi sobiq hujumchisi prezidentlik uchun kurashmoqchi emas, aksincha, nomzodlardan birining saylovoldi kampaniyasida ishtirokchilardan biriga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2000–2021-yillar davomida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. U bu davr mobaynida jami 778 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 672 ta gol va 303 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist