locale OZ

Messi – 'Barcelona' tarixidagi eng yaxshi futbolchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi – 'Barcelona' tarixidagi eng yaxshi futbolchi
Photo: Getty Images

Buyuk Britaniyaning FourFourTwo jurnali “Barcelona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini e'lon qildi.
1-o‘rinni klub afsonasi Lionel Messi egalladi. U "Barcelona" safida 8 ta "Oltin to‘p" sohibiga aylangan.

Ikkinchi o‘rinni klubning yana bir afsonasi, yarim himoyachi Xavi egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka o‘z vaqtining eng yaxshi futbolchilaridan biri Andres Inyesta yakun yasadi.

“Barcelona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar (top-10):

1. Lionel Messi
2. Xavi Ernandes
3. Andres Inyesta
4. Yoxan Kroyf
5. Ronaldinyo
6. Diego Maradona
7. Samuel Eto'O
8. Ronald Kuman
9. Sezar Rodriges
10. Mikael Laudrup

Shuningdek, Serxio Buskets 11-o‘rindan joy olgan, braziliyalik hujumchi Ronaldo esa 13-pog‘onada qayd etilgan. Xosep Gvardiola esa 19-o‘rinni egallagan bo‘lsa, klubning hozirgi paytdagi yetakchilaridan biri — Lamin Yamal esa 41-o‘rinda turibdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting