Messi Argentinada xayrlashuv uchrashuvini o'tkazadi
“Oltin to'p” sohibi Lionel Messi xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etish uchun Argentina terma jamoasiga chaqirildi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 31 avgust kuni Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgan edi. Argentinaliklar joriy yilning 30 sentyabr kuni Boliviya, 3 oktyabr kuni Burkina-Faso va 6 oktyabr kuni Benin terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Messi so'nggi uchrashuv oldidan jamoa ixtiyoriga kelishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, 39 yoshli Messi 2023 yildan buyon Shimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS) vakili “Inter Mayami” safida to'p tepib kelmoqda. Yevropada esa argentinalik hujumchi Fransiyaning “PSJ” va Ispaniyaning “Barselona” klublarida o'ynagan.