locale OZ

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

39 yoshli futbolchi bu haqda o‘zining Instagram sahifasida rasmiy bayonot berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. 39 yoshli futbolchi bu haqda o‘zining Instagram sahifasida rasmiy bayonot berdi.

Messi Argentina terma jamoasi safida 2005 yildan buyon ishtirok etib kelgan. U milliy jamoa bilan 2022 yilgi Jahon chempionati, 2021 va 2024 yilgi Amerika kuboklari hamda 2022 yilgi Finalissima turnirida g‘olib chiqqan. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa Argentina bilan finalga qadar yetib bordi va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Messi Argentina terma jamoasi uchun 207 ta o‘yinda 125 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting