Messi: «Angliyaga qarshi o'yin men uchun alohida ahamiyatga ega»
Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi Angliyaga qarshi bo'lib o'tadigan Jahon chempionati–2026 yarim final bahsi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Chorak finalda Argentina Shveytsariyani 3:1 hisobida mag'lub etgan edi. Endi esa «albiseleste» final yo‘llanmasi uchun Angliya bilan kuch sinashadi.
— Bu Angliyaga qarshi ilk o'yiningiz bo'ladi. Bu bahs siz va barcha argentinaliklar uchun alohida ahamiyatga egami?
«Albatta. Kuchli terma jamoalarga qarshi o'yinlar har doim o'ziga xos ahamiyatga ega. Men Angliyaga qarshi avval hech qachon o'ynamaganman, shuning uchun bu men uchun noyob uchrashuv bo'ladi.
Bu Jahon chempionatining yarim finali. Endi dam olib, ushbu bahsga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Shveytsariyaga qarshi o'yinda ikki qo'shimcha taym o'ynaganimiz uchun jamoamiz juda ko'p kuch sarfladi», — dedi Messi Shveytsariya bilan o'yindan keyin aralash hududda jurnalistlar bilan suhbatda.