locale OZ

Messi 49-sovrinini qo‘lga kiritib, jahon rekordini yangiladi

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rinda Leoning «Barsa»dagi sobiq jamoadoshi Dani Alves bormoqda.
Messi 49-sovrinini qo‘lga kiritib, jahon rekordini yangiladi
photo: gettyimages

Messi 49-sovrinini qo‘lga kiritib, jahon rekordini yangiladi

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rinda Leoning «Barsa»dagi sobiq jamoadoshi Dani Alves bormoqda.

«Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messi faoliyatidagi 49-sovrinini qo‘lga kiritdi va futbol tarixida eng ko‘p jamoaviy sovrin yutgan futbolchi sifatida o‘z rekordini yangiladi.

Campeones Cup bahsida «Inter Mayami» Meksikaning «Kruz Azul» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor ushbu sovringa ega chiqdi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rinda Messining «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Dani Alves bormoqda. Faoliyatini yakunlagan braziliyalik futbolchi 45 ta sovrin qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Argentinalik futbolchi «Inter Mayami» safida barcha musobaqalarda 115 ta o‘yin o‘tkazib, 100 ta gol urgan va 58 ta assist amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting