Messi 2023 yilda nega «Barselona»ga qayta olmagani maʼlum boʻldi
Sport.es nashrining jurnalisti David Bernabeu Lionel Messining 2023-yil yozida «Barselona»ga qaytishi nega amalga oshmay qolganining to‘liq tafsilotlarini ochib berdi.
Manbaning yozishicha, transfer deyarli yakuniga yetgan edi: La Liga operatsiya bo‘yicha dastlabki roziligini bergan, Xavi sport loyihasini ma’qullagan va klub argentinalik yulduz uchun shartnoma loyihasini tayyorlab qo‘ygan. Messi Xaviga «Kamp Nou»ga qaytishni istayotgani va jamoada yangi rolni qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan.
Biroq bir necha kundan so‘ng vaziyat keskin o‘zgargan. Sport TV qayd etishicha, Xorxe Messining klub rahbariyati bilan uchrashuvidan keyin La Liga shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yakuniy ruxsat bera olmasligi ma’lum bo‘lgan — klubning moliyaviy holati bu jarayonni oxiriga yetkazishga imkon bermagan.
Natijada, «Barselona» muzokaralarni to‘xtatishga majbur bo‘lgan va kelajak borasidagi noaniqlik Messini «Inter Mayami»ga o‘tishga undagan.