locale OZ

Merino jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqdi

«Arsenal» jiddiy yoʻqotishga uchradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Merino jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» klubi rasmiy sayti jamoa yarimhimoyachisi va Ispaniya terma jamoasi a’zosi Mikel Merino jiddiy jarohat olganini tasdiqladi. 29 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga (2:3) qarshi bahsda oyog‘idan jarohat olgan edi.

«Tibbiy tekshiruvlar natijasida Merinoning o‘ng oyoq panja suyagi shikastlangani ma’lum bo‘ldi. Yaqin kunlarda futbolchi operatsiya qilinadi, shundan so‘ng tiklanish va reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Afsuski, futbolchining uzoq muddat maydonga tusha olmasligi kutilmoqda», — deyiladi London klubi bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «kanonirlar» Merinoning mavsum yakuniga qadar umumiy mashg‘ulotlarga qaytishiga umid qilishmoqda, biroq uning joriy mavsumda boshqa maydonga tushmaslik ehtimoli ham yo‘q emas.

Mikel Merino joriy mavsumda «Arsenal»ning muhim figuralaridan biriga aylangan edi. U barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Merino 2024 yilda Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting