locale OZ

Menyan «Chelsi»ga o‘tishni xohlamoqda

Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Menyan «Chelsi»ga o‘tishni xohlamoqda
ФОТО: Getty images

“Milan” va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” posbonni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. London klubi fransuzga bo‘lgan qiziqishini yana jonlantirdi – “ko‘klar” yoz boshidayoq futbolchi bilan shartnoma imzolashni istashgan edi.

Menyanning o‘zi ham “Stamford Brij”ga ko‘chib o‘tishga qat’iy qaror qilgan va transfer amalga oshishi uchun bor kuchini ishga solmoqda.

Ma’lumot uchun, Mayk Menyan 2021 yilda “Lill”dan 16 million yevro evaziga “Milan”ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda darvozabon “rossonerilar” safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 38 ta gol o‘tkazib yubordi va 16 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting