locale OZ

Menni Pakyaoning o‘g‘li professional boksdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Bundan avvalgi janggi durang bilan yakunlangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Menni Pakyaoning o‘g‘li professional boksdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
FOTO: Getty Images

4 aprelga o‘tar kechasi AQSHning Kaliforniya shtati, Temekyula shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir doirasida sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 47 yoshli afsonaviy filippinlik bokschi Menni Pakyaoning o‘g‘li — Jimuel Pakyao o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

25 yoshli Jimuelga ushbu bahsda amerikalik sportchi Derrik Geyts raqiblik qildi. Jang muddatidan avval yakunlandi: Pakyaoning o‘g‘li raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirganidan so‘ng, uchrashuv texnik nokaut bilan to‘xtatildi.

Bu Jimuel uchun professional boksdagi ikkinchi jang bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, u 2025 yilning kuzida o‘tkazilgan debyut jangida boshqa bir debyutant — Brendon Lalliga qarshi to‘rt raundlik bahsda durang qayd etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting