locale OZ

Mendesh — JCh-2026da himoyachilar orasida eng ko‘p xavfli vaziyat yaratgan futbolchi

Mendes turnir davomida raqib darvozasi oldida 4 ta aniq golli imkoniyat yaratgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mendes — JCh-2026da himoyachilar orasida eng ko‘p xavfli vaziyat yaratgan futbolchi
ФОТО: Getty images

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘z pozitsiyasidagi barcha futbolchilardan ko‘ra ko‘proq aniq golli vaziyat yaratgan. Bu haqda Squawka ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Mendesh turnir davomida raqib darvozasi oldida 4 ta aniq golli imkoniyat yaratib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha barcha himoyachilarni ortda qoldirmoqda.

Bundan tashqari, 23 yoshli futbolchi JCh-2026da o‘z hisobiga ham gol yozdirib qo‘ygan. U guruh bosqichining 2-turida O‘zbekistonga qarshi bahsda (5:0) 17-daqiqada jarima zarbasini aniq amalga oshirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urgandi.

Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Roberto Martines shogirdlari 6-iyul kuni AQShning Texas shtati, Arlington shahridagi «AT&T Stadium» maydonida Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting