Mendes: \"Yamal \"Oltin to'p\"ni olishga loyiq\"
Photo: Getty Images
Futbol agenti Jorge Mendes fikricha, "Barselona" vingeri Lamin Yamal "Oltin to'p" mukofotini olishga asosiy da'vogar.
"Yamal "Oltin to'p" uchun yetarlicha o'ynadi. Lamin bu mavsumda dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Men uchun bu yaqqol fakt. U "Oltin to'p" darajasida o'ynadi", - deydi agent.
Joriy mavsumda 17 yoshli vinger "blaugrana" safida 52 ta o'yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist