«Men faoliyatimni «Barselona»da yakunlashni istagandim» — Messi
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ni tark etgan paytdagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Hammasi bir maromda o‘tmaydi, qiyin damlar ham bo‘ladi. Men boshqa klubga o‘tmasdan, butun faoliyatimni Kataloniyada o‘tkazishga tayyor edim va Yevropada faqat ‘Barselona’da o‘ynashni istardim.
Afsuski, hammasi boshqacha bo‘ldi, lekin birga o‘tkazgan har bir lahzani doimo yodimda saqlayman. Buning uchun minnatdorman. Oradan ancha vaqt o‘tdi. Pandemiya tufayli muxlissiz tarzda klubni tark etishga majbur bo‘ldim.
Albatta, qaytaman. Stadionda oddiy bir muxlis sifatida o‘yinlarni tomosha qilaman va klubga dalda bo‘laman. Ehtimol, AQShda yana bir necha yil qolishim mumkin, lekin biz oilamiz bilan albatta Barselonaga qaytamiz, chunki men har doim aytganimdek, u yer mening joyim, mening uyim. Biz Barselonani juda sog‘indik, shuning uchun albatta qaytamiz”, — deya Messining so‘zlarini keltiradi Sport.es nashri.