locale OZ

Memfis Depay Fransiya chempionatiga qaytishi mumkin

Ma'lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining xizmatlariga "Renn" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Memfis Depay Fransiya chempionatiga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay yana Fransiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining xizmatlariga "Renn" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Fransiya jamoasi tajribali hujumchini yozgi transfer oynasi yakuniga qadar o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Ayni paytda Depay Braziliyaning "Korintians" klubida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, futbolchining Yevropaga qaytish ehtimoli istisno qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Memfis Depay avval ham Fransiya chempionatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. U 2017–2021-yillar davomida "Lion" safida o‘ynab, jamoaning yetakchilaridan biriga aylangan va Ligue 1 hamda UEFA Chempionlar ligasidagi yorqin o‘yinlari bilan e'tibor qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting