locale OZ

Meksika Janubiy Koreyani mag‘lub etib, o‘z tarixida to‘rtinchi bor guruhda birinchi o‘rinni egalladi

Uchinchi turda meksikaliklar Chexiya bilan bahs olib boradi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Meksika Janubiy Koreyani mag‘lub etib, o‘z tarixida to‘rtinchi bor guruhda birinchi o‘rinni egalladi
FOTO: Getty Images

Meksika milliy terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Janubiy Koreya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Meksika terma jamoasi o‘z tarixida to‘rtinchi bor Jahon chempionatlari guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlashni naqd qildi. Bu haqda OptaJose statistik sahifasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar tarqatdi.

Meksikaliklar muqaddam 1994 va 2002-yilgi Jahon chempionatlarida ham guruhdan birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olib, 1/8 finalda musobaqani tark etishgan edi. 1986-yildagi mundialda esa jamoa chorak finalga qadar yetib borishga muvaffaq bo‘lgan.

Guruh bosqichining so‘nggi, 3-turida Janubiy Koreya terma jamoasi 25-iyun kuni JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) bilan kuch sinashsa, Meksika shu kuni Chexiya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, JCh-2026 guruh bosqichi o‘yinlari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Unda jamoalar aylanma tizimda (har biri uchtadan uchrashuv) o‘zaro bahs olib borishadi. Yakunda har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni band etgan eng yaxshi 8 ta jamoa pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting