locale OZ

Meksika bosh murabbiyi o‘yin vaqtida Entoni Gordonni haqorat qildi

Mazkur uchrashuvda Angliya 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, JCh-2026 chorak finaliga yo‘l oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Meksika bosh murabbiyi o‘yin vaqtida Entoni Gordonni haqorat qildi
Foto: Getty Images

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Agirre JCh-2026 nimchorak finalida Angliyaga qarshi uchrashuv davomida ingliz futbolchisi Entoni Gordonga nisbatan haqoratli so‘z ishlatdi.

Ma'lum qilinishicha, voqea uchrashuvning 26-daqiqasida, futbolchilarning suv ichish tanaffusidan so‘ng sodir bo‘lgan. Zaxira o‘rindig‘i yaqinida harakatlangan Gordonni chaqirgan Agirre unga haqoratli ibora bilan murojaat qilgan va shundan keyin kulib yuborgan. Entoni Gordon esa murabbiyning bu harakatiga jilmayish bilan javob qaytargan.

Mazkur uchrashuvda Angliya 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, JCh-2026 chorak finaliga yo‘l oldi. Hozircha ushbu holat yuzasidan FIFA yoki boshqa rasmiy tashkilotlar tomonidan intizomiy chora ko‘rilishi haqida ma'lumot berilmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting