Meksika – Angliya uchrashuvi kuchli kuchli momoqaldiroq sababli qoldirildi
Bugun, 6-iyul kuni Jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan Meksika va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Mazkur bahs Nexiko shahridagi muhtasham «Atsteka» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvni avstraliyalik taniqli hakam Alireza Fagani boshqarib boradi.
O‘yinning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 05:00 da chalinishi kerak edi, biroq kuchli momoqaldiroq va noqulay ob-havo sharoiti tufayli bahs noma’lum muddatga qoldirildi. FIFA rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 06:00 da boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 1/16 final bosqichida Angliya terma jamoasi DR Kongo to‘sig‘idan o‘tgan edi (2:1), Meksika esa Ekvador ustidan ishonchli g‘alabaga erishgandi (2:0). Mazkur uchrashuv g‘olibi chorak final bosqichida Norvegiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.