locale OZ

Meksika 40 yildan so‘ng birinchi marta pley-offda g‘alaba qozondi

Meksika 1/8 finalda Angliya va Kongo DR uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Meksika 40 yildan so‘ng birinchi marta pley-offda g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Meksika milliy terma jamoasi Ekvadorni 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, Meksika terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor Jahon chempionatida pley-offning birinchi bosqichidan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha mundialda Meksika mezbonlik qilgan va chorak finalgacha yetib borgan edi.

Endilikda Meksika 1/8 finalda Angliya va Kongo Demokratik Respublikasi uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs 6 iyul kuni Mexiko shahrida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting