locale OZ

Mehdi Torabi viza muammosi sababli Belgiya bilan oʻyinni oʻtkazib yuborishi mumkin

Eronlik hujumchining viza muddatiga tugagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mehdi Torabi viza muammosi sababli Belgiya bilan oʻyinni oʻtkazib yuborishi mumkin
FOTO: Getty Images

Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Torabining AQSHga kirishida muammolar yuzaga keldi — uning vizasi muddati tugadi va endi u Jahon chempionatining 2-turida Belgiyaga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborish xavfi ostida turibdi, deya xabar bermoqda O Globo Esportes.

Maʼlum qilinishicha, milliy terma jamoaning barcha futbolchilariga koʻp marotabalik viza rasmiylashtirilgan, biroq Torabining hujjati faqat bir marta borib-kelishga moʻljallangan boʻlib chiqqan. Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinga uchib ketganidan soʻng, agar Eron hukumati unga yangi ruxsatnoma rasmiylashtirishga ulgurmasa, hujumchi Amerika Qoʻshma Shtatlariga qaytish imkoniyatidan mahrum boʻldi.

Bundan tashqari, delegatsiya Los-Anjeles aeroportida ushlanib qolgan. Torabi bilan birga murabbiylar shtabi aʼzolaridan biri ham toʻxtatilgan, bu esa Meksikaga qaytish parvozining kechiktirilishiga olib kelgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting