Mehdi Taremi faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi
Фото: Getty Images
Mehdi Taremi faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Inter" va "Olimpiakos" 33 yoshli hujumchining transferi borasida kelishuvga erishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, milanliklar futbolchining transferidan 2,5 million yevro oladi. Eronlik hujumchi yakshanba kuni shartnoma imzolaydi.
Futbolchi allaqachon Gretsiyaga yo‘l olgan. Tez orada “Olimpiakos” futbolchisi sifatida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Hozirgacha Taremi "Inter" safida 43 ta o‘yinda 3 ta gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist