locale OZ

Mbeumo «MYu» bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbeumo «MYu» bilan kelishuvga erishdi
Photo: Getty Images

“Brentford” hujumchisi Bryan Mbeumo faoliyatini “Manchester United”da davom ettiradi.

Athletic xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" 25 yoshli futbolchining transferi borasida "Brentford" bilan kelishuvga erishgan.

Mbeumo uchun "Manchester United" 65 million funt (taxminan 75 million yevro) to‘laydi. Yana 6 million funt (taxminan 7 million yevro) bonus sifatida bitimga kiritiladi. "Qizil iblislar" transferni to‘rtta to‘lov bilan amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, Bryan Mbeumo faqat "Manchester United"ga o‘tishni istagan. O‘tgan mavsumda 42 ta o‘yinda forvard 20 ta gol urdi va jamoadoshlariga 9 ta golli uzatma berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting