locale OZ

Mbappening qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi — manba

«Real» hujumchisi chap tizzasidagi jarohat sabab bir qator oʻyinlarni oʻtkazib yubordi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappening qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi — manba
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi rahbariyati chap tizzasidan jarohat olgan hujumchi Kilian Mbappening safga qaytish muddati bo‘yicha o‘z taxminlarini ma’lum qildi.

Cadena Ser nashrining xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» fransiyalik forvardning 17 mart kuni «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuviga qadar tiklanishiga umid qilamoqda.

Manbaning taʼkidlashicha, Kilian Mbappe «shaharliklar»ga qarshi dastlabki uchrashuvda (11 mart) jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, u Ispaniya La Ligasi doirasidagi «Xetafe» (2 mart) hamda «Selta» (6 mart) klublariga qarshi kechadigan bahslarni ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kilian Mbappe 2024 yilning yozidan buyon «Real Madrid» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u Fransiyaning «PSJ» va «Monako» klublarida to‘p surgan. Joriy mavsumda hujumchi klub miqyosida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting