locale OZ

Mbappening onasi: «Kilian bu yo‘lni o‘zi tanlagan»

Real futbolchisining onasi Mbappening maydon tashqarisidagi hayoti haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappening onasi: «Kilian bu yo‘lni o‘zi tanlagan»
photo: gettyimages

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappening onasi Fayza Lamari futbolchining shuhrati va buning uchun u to‘layotgan tovon haqida gapirdi.

«Maydonda u o‘zini ancha xotirjam his qiladi, maydon tashqarisida esa unda hayot yo‘q. Ammo Kilian bu yo‘lni o‘zi tanlagan. O‘tgan yili ishlar unchalik yaxshi ketmayotgan paytda u bilan gaplashganman. Undan so‘radim: “Qiz do‘st topishni xohlamaysanmi?” Kilian shunda: “Siz bu tartibsizlik ichida ayolni tasavvur qilyapsizmi?” — dedi.

Ba’zan u "Peugeot 206" mashinasida halqa yo‘li bo‘ylab aylanardi, shunchaki atrofda hayot qanday ekanini ko‘rish uchun. Endi Mbappe ko‘chalarda erkin yura olmaydi. Buni ko‘rish men uchun og‘ir», — dedi Lamari.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting