Mbappening 2025 yildagi umumiy gollari soni 60 taga yetdi
Bundan oldin bu ishni faqat Krishtianu Ronaldu 5 marta amalga oshirgan edi.
ФОТО: Getty images
“Real” futbolchisi Kilian Mbappening 2025 yildagi umumiy gollari soni 60 taga yetdi.
Fransiyalik hujumchi La Liga doirasidagi “Jirona”ga qarshi o‘yinda (1:1) penaltini aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa, Kilian mazkur yili “Real” va Fransiya milliy jamoasi safida barcha musobaqalarda 60 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (53 tasi klub uchun, 7 tasi milliy jamoasi uchun).
Qolaversa, Mbappe “qirollik klubi” tarkibida bir kalendar yil ichida kamida 53 ta gol urgan futbolchilar orasida ikkinchi futbolchi bo‘ldi.
Bundan oldin bu ishni faqat Krishtianu Ronaldu 5 marta amalga oshirgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist